К содержанию
РецензированоUZ2010

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR FAOLIYATI TARIXIDAN

Sharofova E’zoza Sherzod qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2010

Аннотация

Ushbu maqolada temuriyzoda hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur va uning faoliyati tarixi, kichik satrlarda yoritib berildi. Bobur Mirzoning siyosiy jarayonlardagi faoliyati, Samarqand uchun olib borgan urushlari hamda adabiy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Andijon va Axsi, Umarshayx Mirzo, Samarqand taxti, Shayboniyxon, Boburiylar imperiyasi, Boburnoma, adabiy meros. Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shoh boʻlgan Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilda Andijonda tavallud topgan. Sohibqiron Amir Temurning pannevarasi boʻlgan Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari, ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. Boburning otasi-Umarshayh Mirzo Farg’ona hokimi, onasi-Qutlug’ Nigorxonim Mo’g’iliston va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning yoshligi Andijon va Axsida o’tgan hamda barcha temuriy shag’zodalar kabi saroyda ilmli kishilardan dars olgan. Tarixdan ma’lumki, otasi Umarshayxning fojeali o’limidan so’ng darhol hokimiyat Boburga topshirildi. Buning sababi esa Bobur oq qorani tanishi bilan Andijon hokimi etib tayinlanganligi va Andijonni uning nomi bilan ustozi Mavlono Qozi boshqarishi edi [Shamsutdinov R., 2010. 13-15-b.]. Bobur 12 yoshidayoq taxtga kelishi bilan unga ikki qarindoshi tog’asi va amakisi Sulton Ahmad Mirzo va Sulton Maxmudxonlar qarshilik qilar edi. Lekin, ularning xatti- harakatlari tez orada bartaraf etiladi. Zahiriddin Muhammad davlat ishlarini anchagina yo’lga qo’yib olgach, o’zining azaliy orzusi ya’ni poytaxti Samarqand bo’lgan Temuriylar davlatini qayta barpo etishni maqsad qilar edi. Shu yo’sinda https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Bobur Mirzo Samarqandga bir necha bor yurishlar qildi va keyinchalik ma’lum sabablarga ko’ra tashlab ketishga majbur bo’ldi. Shoh Boburning Samarqandga 1495-496-yillarda qilgan ikki marotaba yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Keyinchalik, bu mag’lubiyatlar o’z g’alaba nashidasini olib keldi. Bobur Samarqandni uch bora, 1497-yil, 1500-yil, 1511-yillarda egallaydi. Boburning Samarqandni birinchi marta egallashi 7 oylik qamaldan amalga oshdi[Azimjonova, 1995. 37-b.]. Bu taxtda o’tirish unga uzoq vaqt davom etmadi. Andijonda taxt uchun bo’lgan muammolar, beklarning o’zaro fitna-fasodlari Boburni Samarqandni tark etishga majbur etdi. Samarqandni Bobur ikkinchi marta egallashi 1500-yilda asosan jangsiz, shahar aholisining unga darvozalarni ochib berishi natijasida bo’ldi. Bobur 240 kishi bilan shaharga tunda hujum qiladi va tong gacha shahar egallanadi. 1501-yildagi Shayboniyxon bilan urushi natijasida Samarqandni yana tark etadi. Uchunchi marta Samarqandni egallanishi 1511-yilda Eronliklar bilan birlashgan qo’shini bilan hujum qiladi va egallaydi [Shamsutdinov R. 2010. 16-18-b.]. Lekin, xalqning noroziligi natijasida yana bu ajib maskan Shayboniyxonga tashlab, chiqib ketiladi Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur soʻfiy – Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi [www.wikipedia.org. internet sayti]. Shu tariqa Bobur 1504-yillarda Movarounnahrni tark etib, 1504-yilda Balxga, undan 1526-yilda Hindistonga tomon yurishlarini qilib, o’z ona yurtini tark etadi. Hindistonda yirik bir Boburiylar davlatiga asos solgan Bobur har bir xalq uchun odil qarorlar chiqarishga harakat qildi. Hindistondagi 332-yillik faoliyati tarixiga ega bo’lgan Boburiylar imperiyasi shu tariqa tashkil topdi[Mashrabov., 1997. 51-b.]. Adabiyot va tarix, musiqa va sanʼatdan yaxshi xabardor boʻlgan, diniy taʼlimotga chin ixlos qoʻygan Bobur har doim olim-u fozillar davrasida boʻldi, https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 xususan, ijod ahliga, kasb-u hunar sohiblariga samimiy ehtirom koʻrgazib homiylik qildi, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirib turdi. Ijod va sanʼat ahliga bunday mehrli munosabat aslo bejiz boʻlmagan. Bobur tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shugʻullandi, har qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan toʻxtamadi, natijada, har jihatdan muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi. Boburning shox asari Boburnoma 1493-1529-yillardagi Movarounnahr, Xuroson, Hindistondagi siyosiy, iqtisodiy umuman olganda memuar asar sifatida har bir jabhani qamrab oladi. Hozirda Boburning 119 gʻazali, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan[Vohidov R. 2000. 79-80-b.]. Zahiriddin Muhammad Bobur 1530-yil 26- dekabrda Agrada 47 yoshida vafot etdi. Uning vasiyatiga muvofiq qabri Kobul

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada temuriyzoda hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur va uning faoliyati tarixi, kichik satrlarda yoritib berildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada temuriyzoda hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur va uning faoliyati tarixi, kichik satrlarda yoritib berildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Samarqand taxti, adabiy meros., Andijon va Axsi, Kalit so’zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, Umarshayx Mirzo, Boburnoma, Shayboniyxon, Boburiylar imperiyasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники