Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QADIMGI VA O‘RTA ASRLAR XIVA ME’MORCHILIGI XUSUSIDA
Rajabov Ibratjon Ibrohim o‘g‘li · Kalit so’zlar: Xiva
Лучшие интеллектуальные исследования · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada qadim va o’rta asrlarda Xivaning me’morchiligi, uning o’ziga xos xususiyatlari tarixi haqida so’z boradi. Xivaning me’morchiligi rang- barang bo’lib, Qadimgi Sharq me’morchiligining nodir namunlarini o’zida aks ettirgan. Kalit so’zlar: Xiva, Xeyvaq, Istahriy, Gurganch, Hazorasp, Terenojkin, G’ulomov, Tolstov, Polvonyop, Ichan qal’a, Dishan qal’a, Xiva me’morchiligi. Oʻzbekistonning qadim shaharlaridan biri Xiva hisoblanib, arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar miloddan avval V asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimiy qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qadimgi osetin tilidagi “Xiauv” - qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan oqib oʻtgan Xeykaniq kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq-Xeyvaniq-Xeyvaq-Xeva-Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchi solnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831- yilda yozgan “Dili Gʻaroyib” asarida Xorazmning qadimiy shaharlarini nomma-nom sanar ekan, “bu mamlakatning yana bir qalʼasi - Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir” deydi. Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qadimiy Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan[To’pchiyev U. 2024. 108-111-b.]. Xiva haqidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar X asrdan boshlab arab va fors tilidagi tarixiy-geografik manbalarda uchraydi. Istaxriy Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada https://scientific-jl.com/luch/ 3 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (XIII asr), Nizomiddin Shomiy (XIV asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi. Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Qohira shahriga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan Qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100 shahar boʻlib, dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi[Davletov S., 2022. 37-38-b.]. Xivaning siyosiy tarixiga qisqacha to’xtalsak, miloddan avvalgi V asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Ahamoniylar davlati tasarrufida, soʻngra mustaqil Xorazm davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni Gʻarb bilan bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. IV asr boshlaridan Xiva - Xorazm bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda u qalʼa devori bilan oʻrab olingan. O’rta asrlar davrida, jumladan, 712-yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyohlari Istaxriy va Muqaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva X asrda Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221-yildan moʻgʻullar imperiyasi, 1388-yildan temuriylar davlati tarkibida, XVI asr boshlaridan 1920-yil 2- fevralgacha Xiva xonligi poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873-yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasiga koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920-24-yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib turgan[ www.wikipedia.org. internet sayti]. Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S.P.Tolstov, Yahyo Gʻulomov, A.I.Terenojkin va boshqa tomonidan XX asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984- 1993-yillarda arxeologik kazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston Fanlar Akademiasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridi. Shahar hududida 6 ta stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qadimiy qismi - Ichan Qalʼada 1200 m² boʻlgan maydon qazib oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 metrgacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo boʻlish davri qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining ilk davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr miloddan avval V asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiqlari shu davrga mansub[To’pchiyev U. 2024. 108-11-b.]. Miloddan avvalgi V asr oxirida Xorazm Eronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari shakllana boshladi. Miloddan avvalgi IV-III asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli qalin devor bilan oʻrab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib, bunyod etilgan. Gʻishtlarning aksariyatiga tamg
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada qadim va o’rta asrlarda Xivaning me’morchiligi, uning o’ziga xos xususiyatlari tarixi haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada qadim va o’rta asrlarda Xivaning me’morchiligi, uning o’ziga xos xususiyatlari tarixi haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Dishan qal’a, Ichan qal’a, Gurganch, G’ulomov, Tolstov, Xiva me’morchiligi., Istahriy, Terenojkin, Polvonyop, Xeyvaq, Hazorasp, Kalit so’zlar: Xiva
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024