Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ANDIJON TARIXI XUSUSIDA AYRIM MA’LUMOTLAR
Akramov Muhammadali Baxodirjon o‘g‘li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sanaluvchi Andijon shahri, uning shakllanishi, etimologiyasi, davlatchilik tarixi tutgan o’rni haqida so’z boradi. Andijon shahri haqida atroflicha ma’lumotlar mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi. Kalit so’zlar: Farg’ona vodiysi, Andijon shahri, Andi, Adoq-yakun, A. Muhammadjonov, Boburnoma, Andijon va Axsi, Amir Temur va temuriylar davri, Xonliklar davri. Farg‘ona vodiysi ham O‘rta Osiyoning qadimdan odamlar istiqomat qilgan manzillardan hisoblanadi. Miloddan avvalgi I minginchi yillar o‘rtasida ayni shu yerlarda dastlabki shahar davlati vujudga kelgan. Parkana (Dovon) ana shunday davlat birlashmalaridan bo‘lib, poytaxti Ershi bo‘lgan. Arxeolog olim V.M.Masson shu yerlar iqtisodiy madaniy hayoti haqida fikr yuritib, bu yerda qo‘rg‘oshin, metal kabi rudalari ko‘p bo‘lganligini ta’kidlab[To’pchiyev. 2024. 41-b.], bu mahsulotlar Turkmaniston, Buxoro yerlaridagi jamoalar bilan tovar ayriboshlash asosini yaratganligini e’tirof etadi. Farg’ona vodiysida ko’plab mashhur shaharlar bo’lib, ular orasida Andijon shahri o’zgacha o’rin va e’tibor markazida turadi. Shahar toponomiyasi haqida turli tadqiqodlar, har xil fikrlarni ilgari suradilar. Masalan, baʼzi manbalarda bu nom “andi”, “azoq” urug’lari nomidan olingan deyiladi. Ammo, hozirgi kunda ko’plab olimlar yakdil fikrga kelishdi. Jumladan akademik olim A. Muhammadjonov fikrlariga ko’ra, “Andijon” nomi so’g’dcha “adoq”, yaʼni “yakun”, “oxir” va “kon” – “ariq”, “soy” so’zlarining birlashuvidan kelib chiqqan[www.wikipedia.org. internet sayti]. https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Yaʼnikim “Adoqkon” degani “Soyning oxirida joylashgan yer” maʼnosini anglatadi. Bu faraz hozirda o’z tasdig’ini topmoqda. Bilamizki, Andijon shahri Andijonsoy yoqasida, qadimgi Oqbo’yra soyi oxirida joylashgan. O’z navbatida bu hududda amalga oshirilgan tadqiqotlarga to’xtalsak, Andijonning Ark qismida va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida VII-VIII asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan[Davletov. 2022. 67-68-b.]. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan. Andijon ilk bor yozma manbalarda X asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. Andijon shahrining siyosiy tarixi, O’zbek davlatchiligi tarixidagi faoliyati haqida so’z yuritadigan bo’lsak, XI asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. XI-XII asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, XIII asr oxirlarida moʻgʻul xonlari boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan. Andijon XIV asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. XV asr ikkinchi yarmidan Amir Temur va temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj topgan[O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari. 2011. 97-98-b.]. Andijon tarixi bo’yicha yetarlicha ma’lumotni shubhasiz Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari Boburnomadan olamiz. Boburnomada unga quyidagicha ta’rif beriladi: „…Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz) qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“[ www.wikipedi.org. internet sayti]. https://scientific-jl.com/luch/ 4 4 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Andijonnning Xonliklar davri tarixiga to’xtalsak, shahar 1504-yildan shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan va XVIII asr boshlariga qadar Buxoro xonligi tasarrufida bo’lgan. Keyinchalik, Andijon shahri 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar ya’ni, 1876-yilgacha Andijon bekligining qarorgohi boʻlgan[O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari. 2011. 98-b.]. Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan. XIX asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda shaharga yondosh Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshladi [ www.wikipedia.org. internet sayti]. Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, Andijon Farg’ona vodiysining bir qator markaziy shaharlari qatori Markaziy Osiyoning taniqli shaharlaridan biri hisoblanadi. Andijon shahri O’zbekiston tarixida faoliyat ko’rsatgan bir qator davlatlar tarkibida ma’muriy markazlarning
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sanaluvchi Andijon shahri, uning shakllanishi, etimologiyasi, davlatchilik tarixi tutgan o’rni haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sanaluvchi Andijon shahri, uning shakllanishi, etimologiyasi, davlatchilik tarixi tutgan o’rni haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: Farg’ona vodiysi, Xonliklar davri., Adoq-yakun, Andi, Andijon va Axsi, Amir Temur va temuriylar davri, Boburnoma, Andijon shahri, A. Muhammadjonov
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024