К содержанию
РецензированоUZ2024

MARG‘ILON SHAHRI VA UNING TARIXIDAN LAVHALAR

Ibrohimov Oyatilloh G‘ayratjon o‘g‘li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sanaluvchi Marg’ilon shahri, uning paydo bo’lishi, etimologiyasi haqida so’z boradi. Marg’ilon shahrining qisqacha tarixi mavjud adabiyotlar tahlili va ma’lumotlari asosida, atroflicha yoritib berildi. Kalit so’zlar: Farg’ona vodiysi, Marg’ilon shahri, Iskandar, tovuq va non, maysazor, o’tzor, Yunesko, Xonliklar davri, oriflar sandig’i. Qo‘qon xonligi me’morchiligining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, bu mintaqaning qadim zamonlardan boshlab taraqqiy etgan madaniy maskanlardan biri bo‘lganligini va teran me’mor chilik hamda shaharsozlik tarixiga ega ekanligini ta‘kidlab o‘tmoq lozimdir. Qo‘qon xonligining shaharsozlik madaniyati miloddan avvalgi II-I ming yilliklarga borib taqaladi. Jumladan, Elaton Buzilmas, Olis Iskandariya (Aleksandriya Esxata), Oq tepa, Qul tepa, Munchoq tepa, Mug‘ qal‘a, Ershi singari 2-3 ming yillik tarixni o‘zida mujassamlashtirgan shahar xarobalarining qazib o‘rganilganligi bundan dalolat berib turibdi. Shuningdek Koson, Quva, O‘zgan, Axsi shaharlari o‘rta asr tarixiy manbalarida ko‘p o‘rinlarda tilga olinadi[To’pchiyev U. 2024. 24-b.]. Yuqorida keltirilgan shaharlar sirasidan yana biri Marg’ilon shahri bo’lib, uning 2007-yil xalqaro Yunesko qaroriga binoan, shaharning 2000 yillik tantanalari oʻtkazildi. Margʻilon toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar X asrga taalluqli edi. Oʻsha davrlarda shahar “Margʻinon” deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Marg’ilon shahrining etimologiyasi haqida so’z yuritadigan bo’lsak, Margʻilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar “marg” — “maysazor”, “oʻtzor”dan deb taxmin qiladilar. Bundan tashqari, Margʻilon “murg”, va “yunon” soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor. Tarixchi olim Is’hoqxon Ibratning “Tarixi Fargʻona” qoʻlyozma asarida yozilishicha, shaharga 833-yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Margʻilon oʻrnida milodiy asr boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, X asrda u katta qishloq boʻlganligini, XI-XII asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda [www.wikipedia.org. internet sayti]. Sharqshunos olim V. V. Bartold “Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston” asarida Qoraxoniylar davrida ham Margʻilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Margʻilon Fargʻonadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib, uning „donayi kalon“ deb ataluvchi anori va „subhoniy“ navli oʻrigi maqtaladi[O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari.2011.78-b.]. Shaharning qadimgi qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida Margʻilonga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha, shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan Margʻilon aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. Margʻilonning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab xarid qilingan. Shuningdek, Margʻilonda doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Ushbu shaharning siyosiy tarixi haqida so’zlaydigan bo’lsak, shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875-yilda rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan [ www.wikipedia.org. internet sayti]. Afsonalarga koʻra, Margʻilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan. Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani toʻxtaganda, unga Murgʻ yaʼni “tovuq” va “non” berilgan ekan va shundan Murgʻinon boʻlib shaharni nomi kelib chiqqan ekan. Lekin, https://scientific-jl.com/luch/ 4 7 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Margʻilon miloddan avvalgi IX asrda Buyuk Ipak yoʻlidagi muhim shaharlardan boʻlgan. XV asrda yashab oʻtkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur oʻzinig “Boburnoma” kitobida Marg’ilon „koʻp yaxshi narsalarga boy shahar. Uning shaftolilari va anorlari ham koʻp yaxshidur“ deb yozgan. Boburning aytishicha „Samarqandning va Toshkentning eng koʻzga koʻringan bezori va urishqoqlari Margʻilonliklardir“[Davletov. 2022. 104-105-b.]. Xonliklar davri tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, 1710-1876-yillarda Qo’qon xonligi davrida shahar Margʻilon bekligi markazi, xonlikning muhim strategik ahamiyatga molik kenti boʻlgan. Margʻilon Podsho Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston guberniyasi takibidagi, Farg’ona viloyati, Margʻilon uyezdi markazi boʻlgan. Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, Marg’ilon shahri Farg’onaning qadim va navqiron shaharlaridan biri hisoblanib, 2000 yillik tarixiga egadir. Bu nomning ta’rifi va tavsifiga ko’ra, so’nggi yillardagi tadqiqotlar bu shaharning ma’nosini mayzasor, o’tzor nomlari bilan ta’riflaydilar. Marg’ilon shahri O’zbek davlatchiligi tarixida faoliyat ko’rsatgan davlatlar tarixida munosi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sanaluvchi Marg’ilon shahri, uning paydo bo’lishi, etimologiyasi haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Farg’ona vodiysining markaziy shaharlaridan biri sanaluvchi Marg’ilon shahri, uning paydo bo’lishi, etimologiyasi haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Marg’ilon shahri, Kalit so’zlar: Farg’ona vodiysi, maysazor, o’tzor, Yunesko, Xonliklar davri, Iskandar, tovuq va non, oriflar sandig’i.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники