К содержанию
РецензированоUZ2025

VAQTNI QO‘RQITA OLADIGAN INSHOOTLAR

Abdujalilova Odina Norqul qizi

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Qadimgi Misrning hayratomuz tarixidan guvohlik beruvchi piramidalar, ularning qurilish tarixi, xususiyatlari haqida so’z boradi. Shuningdek, Misr ehromlari, uning tuzilishi, fir’avnlar faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlar mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi. Kalit soʻzlar: Qadimgi dunyoning yetti mo’jizasi, Misr piramidalari, Joser, Imxotep, Sakkara, Xufu, Menkavra, Sfinks, Napaleon Banopart, Tutamxamon . Tarixdan ma’lumki, inson hayoti moʻjizalarga boy. Insonlarning nafas olishi, hayot kechirishining oʻzi bir moʻjiza. Lekin, dunyoda shunday moʻjizalar borki, ular insonlar qoʻli bilan yaratila turib, ming yillardan beri insonlarni hayratga solishni davom etmoqda. Bularga misol qilib Olimp xudosi Zevs haykali, Aleksandr mayogʻi, quyosh xudosini Gelios haykali, mabuda Artemida ibodatxonasi, Semiramida osma bogʻlari, Galikarnas maqbarasi va ming yillar davomida yashab kelayotgan, vaqtdan qo ʻrqmaydigan Misr piramidalarini ham aytish mumkin. Piramidalar jahon meʼmorchiligining eng yorqin namunasidir. Ushbu piramidalar uch, toʻrt va koʻp burchakli geometrik shaklda boʻlib, yuqoridan pastga qarab kengayib boradi. Misrda piramidalar Qadimgi Podsholik davrida hukmdorlar va a’yonlar oʻzlari uchun toshdan ulkan sagʻana-ehromlar qurdirganliklarining bir belgisi hisoblanadi[Kabirov A., 46-b.]. Odatda piramidalarga firʼavnlar, uning oila-aʼzolari va davlat a’yonlari dafn etilgan. Har bir davr uchun piramidalar insonlarni mahobati va kattaligi bilan insonlarni lol qoldirgan hamda bu inshootlar fir’avn va amaldorlarning kuch-qudrati ramzi ham boʻlgan. Misr aholining e’tiqodi bo’yicha, piramidalarga fir’avnlarni https://scientific-jl.com/luch/ 4 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 mumiyolab, oyoq yetmas, koʻz koʻrmas, “abadiy yotogʻida” saqlanishini ta’minlab, ularning ruhini mangu yashashiga qat’iy ishonishgan [Kurshkol Y., 152-153 b.]. Tadqiqotlardan aniqlanishicha, piramida va sag‘analari qurish uchun I va II sulola fir’avnlari qurdirgan mastobalar namuna boʻlgan. III sulola vakili boʻlgan Joserga balandligi 60 metr boʻlgan piramida mastoba oʻrnida quriladi. Bu kichrayib borayotgan olti ustma- ust qoʻyilgan mastoba boʻlgan. Ma’lumotlarda keltirilishicha, Joser koʻp harbiy yurishlar olib boradi va xazina to’playdi. Shunda uning yordamchisi Imxotep ismli shaxs toshlarni bir birining ustiga taxlab zinapoyasimon inshoot vujudga keladi va uning taklifi bilan Joser tomonidan ushbu inshoot qurilishiga buyruq beriladi. Bu inshoot 20 yil davomida quriladi. U qurib, bitkazilgandan keyin Misrdagi eng baland inshoot boʻladi. Va bu inshoot Joserga juda yoqadi va yordamchisi Imxotepdan juda mamnun boʻlgan. Hatto, an’analarga qarshi chiqib ushbu inshootga oʻz ismi bilan birgalikda yordamchisining ham ismini yozgan ekan. Ushbu inshoot oʻziga xos boʻlib uning 13 ta eshigi boʻlgan faqat bittasi haqiqiy, qolganlari esa, soxta eshiklar boʻlib, haqiqiy eshik janubda joylashgan boʻladi [Rajabov R. 62-b.]. Shunday ekan, bu soxta eshiklar ehromlar ichidagi ma’lum bir xazinani dushmanlardan asrash uchun qoʻllangan. Shu o’rinda, Joser piramidasi, uning tuzilishi va qurilishiga bir nazar soladigan bo’lsak, bu piramida Sakkarada joylashgan. Memfis shahri yaqinida mil.avv. 2600-yilda to’rtinchi sulola fir’avni Xufu qurdirgan maqbara o’zining ulkanligi va hashamati bilan kishini lol qoldiradi. Ehromning tomonlari 250 metr bo’lib, uning atrofini aylanib chiqish uchun sayyoh bir kilometr yo’l bosishi kerak. O’z davrida uning balandligi 150 metrdan ziyod bo’lib, hozirgi holati 146 metrdir. Manbalar ma’lumotiga qaraganda piramidani qurish uchun ikki million uch yuz ming dona taroshlangan tosh ishlatilgan. Ehromlarning xomashyosi bo’lgan toshlar Nil daryosining o’ng sohili bo’ylab cho’zilgan arab qirlaridagi tosh konlaridan qazib olingan hamda silliqlanib, sollarga ortilgan holda suv yo’li bilan olib kelingan. Ushbu toshlar pastda taroshlanib, silliqlangan. https://scientific-jl.com/luch/ 5 0 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Maqbara qurilishiga taroshlab tayyorlangan toshlarning eng kichigi ikki yarim tonna, kattasi esa o’n besh tonnadan iborat bo`lgan. Yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, bu ehrom maqbara 25-30 yil mobaynida qurilgan ekan. Uning qurilishida 100 mingdan ortiq kishi doimiy ravishda ishlagan. Maqbara toshlari silliqlanib bir-biriga shunday zich qilib terilganki, toshlar oralig’iga Misrga tashrif buyurgan fransuz imperatori Napoleon Bonapart qilichining tig’i ham sig‘magan ekan[Avdiyev., 228-b.]. Piramidalar Qadimgi Misr me’morchiligining eng noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Olimlar Xufu maqbarasini dunyodagi yetti mo’jizaning biri hisoblaydilar. Ehromlarni qurishda silliqlangan katta-kichik bahaybat tosh plitalarini yuqoriga sudrash usuli bilan olib chiqilgan bo`lsa kerak. Shubhasiz, bu ishda me’morlar qo’l kuchi va ishchi hayvonlar – hokizlardan foydalangan bo‘lsalar ajab emas. Ehromlarga ishlatilgan ulkan toshlarni yuqoriga chiqarish masalasi olimlar orasida turli bahslar kelib chiqishiga sabab bo`lgan.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Qadimgi Misrning hayratomuz tarixidan guvohlik beruvchi piramidalar, ularning qurilish tarixi, xususiyatlari haqida so’z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Qadimgi Misrning hayratomuz tarixidan guvohlik beruvchi piramidalar, ularning qurilish tarixi, xususiyatlari haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Menkavra, Sakkara, Imxotep, Kalit soʻzlar: Qadimgi dunyoning yetti mo’jizasi, Xufu, Sfinks, Tutamxamon ., Napaleon Banopart, Joser, Misr piramidalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники