К содержанию
РецензированоUZ2025

ISMOIL SOMONIY – O‘RTA ASRLARNING SERG’AYRAT VA ZUKKO DAVLAT ARBOBI

ZUKKO DAVLAT ARBOBI · Mahkamov Sunnatilla Xasan o‘g‘li

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada Vatanimiz tarixida faoliyat ko’rsatgan Somoniylar davlatining yirik hukmdori, zukko davlat arbobi Ismoil Somoniy haqida fikr yuritiladi. Ismoil Somoniyning o’z davlatini barpo etish va rivojlantirishdagi amalga oshirgan islohotlari mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi. Kalit so’zlar: Somoniylar davlati, Ismoil Somoniy, Ahmad ibn Asad, Tohiriylar davlati, Nasr, Safforiy Amir ibn Lays, xalifa Mu’tazid, Somoniylar davri devonlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Vatanimiz ko’plab allomalar, fozilu-ulamolar, sarkardalar va hukmdorlar hamda bir qator, o’tmishi buyuk shaxslarni o’z bag’rida dunyoga keltirgan, kamol topishida ulkan ahamiyat kasb etgan maskanlar biri hisoblanadi. Ajdodlarimizning qahramonliklari, olib borgan keng qamrovli islohotlari, qoldirgan memuar asarlari, ko’rsatgan jasoratlari hozirda tildan tilga o’tib, o’z tariximizni bunyod bo’lishiga xizmat qilmoqda. Har bir davrning, davlatning, ma’lum madaniy o’lka va tuzumning faoliyat qahramonlari bo’lganidek, biz fikr yuritmoqchi bo’lgan o’rta asrlarning yirik davlat arboblaridan asosiysi Ismoil Somoniydir. Dastavval, Somoniylar davlati va uning faoliyati tarixiga biroz nazar tashlasak, Somoniylar haqidagi ma’lumotlar mo‘g‘ullar davriga qadar O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha arab va fors tillarida yozilgan deyarli barcha manbalarda keltirilgan. Somoniylar sulolasi tarixiga bag‘ishlangan, lekin bizgacha yetib kelmagan “Somoniylar xonadoni tarixi” nomli maxsus asar bo‘lganligi haqida tadqiqotchilar o’z ma’lumotlarini berib o’tadilar. Somoniylar haqida ba’zi ma’lumotlarni mo‘g‘ullar davridan https://scientific-jl.com/luch/ 5 4 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 keyin yozilgan manbalarda ham uchratish mumkin. Birgina, Mirxondning umumiy tarixga bag‘ishlangan “Ravzat us-safo” asarida Somoniylar hukmronligi tarixiga alohida bo‘lim bag‘ishlangan. Somoniylar sulolasi haqida boy ma’lumotlar hujjat manba hisoblangan numizmatik materiallar, ya’ni tarixiy tangalarda ham mavjud bo‘lib, ular yozma manbalardagi ma’lumotlarni anchagina to‘ldiradi va aniqliklar kiritadi [Shamsiddin Kamoliddin., 2024. 3-4 b.]. Shu o’rinda, Ismoil Somoniy va uning faoliyati tarixiga to’xtaladigan bo’lsak, Ismoil Somoniy 849-yilda Fargʻonada tugʻilgan. Uning otasini ismi Ahmad ibn Asad edi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto Safforiylarga tob’e boʻlishni hohlamaydi. Shahar zodagonlari Somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar. Elchilik xabarida undan Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishini va Somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. O’z navbatida Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni 874-yilda Buxoroga noib qilib yuboradi. Keyingi davrlarda aka-uka oʻrtasida adovat paydo boʻladi va bu esa 888- yilda ikki o’rtadagi jangga olib keladi. Jangda Nasr qoʻshinlari tor-mor keltiriladi. 892- yildan boshlab Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo, katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu Somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada, Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Keyinchalik, Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni ham oʻz https://scientific-jl.com/luch/ 5 5 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan, zamonasining eng yirik mustaqil, islomiy davlati tashkil topdi.[ www.wikipedia.org internet sayti] Shonli o’tmishimizdan hozirgi kunga qadar yetib kelgan tarixiy ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, Ismoil Somoniy o’z davri uchun uzoqni ko’ra biladigan, g’oyat serg’ayrat, o’z zamonasinig hohish irodasini chuqur anglab yetgan hukmdor hisoblangan. Buyuk bir davlat tuzish va uni o’sha davr uchun munosib shart-sharoitlar bilan ta’minlay olgan davlat arbobi sifatida tarixda qolgan shaxs edi. Bu davr siyosiy tarixi juda murakkab bo’lib, kuchаyib bоrаyotgаn vа mustаqillikа intilаyotgаn Ismоil Sоmоniy siyosаti Аrаb хаlifаligini tаshvishgа sоlаyotgаn edi. Shu bоis хаlifа Mu’tаzid Ismоil Sоmоniy bilаn Хurоsоn nоibi Аmir ibn Lаysni bir-biriga gijgijlab, ikki o’rtada urush keltirib chiqarishni o‘z oldiga mаqsаd qilib qo’ygan edi. 900-yildа Ismоil hаl qiluvchi jаngdа Аmir ibn Lаysni yеngib Хurоsоnni hаm o‘zigа qo‘shib оlаdi. Nаtijаdа, хаlifа Mu’tazid Ismоil Sоmоniy dаvlаtini tаn оlib, ungа hukmdоrlik yorlig‘ini yubоrishgа mаjbur bo‘ldi. Buning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Vatanimiz tarixida faoliyat ko’rsatgan Somoniylar davlatining yirik hukmdori, zukko davlat arbobi Ismoil Somoniy haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Vatanimiz tarixida faoliyat ko’rsatgan Somoniylar davlatining yirik hukmdori, zukko davlat arbobi Ismoil Somoniy haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Somoniylar davri devonlari, Ahmad ibn Asad, xalifa Mu’tazid, Safforiy Amir ibn Lays, Tohiriylar davlati, ijtimoiy-iqtisodiy hayot., Nasr, Ismoil Somoniy, Kalit so’zlar: Somoniylar davlati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники