Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABU RAYHON BERUNIYNING ASARLARIDA FALSAFIY QARASHLARI
Matyaqubov Elyorbek Amonbayevich · Abu Rayhon Beruniy
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
In this article, the important contribution of the Central Asian encyclopedist https://scientific-jl.com/luch/ 6 8 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Abu Rayhan Beruni to science, the evaluation of his scientific approaches by foreign scientists, and the pedagogical views of the scholar on the education of a perfect human being are analyzed and studied. Kalit so‘zlar - Uchinchi Renessans, buyuk ensiklopedist olim, Novatorlik, minerologik meros. Kirish. “Markaziy Osiyolik tabiatshunos olimlarning yaqin o’tmishda nomlari unutilayozgan buyuk ajdodlarimiz nomi va ularning jahon ilm-fani, madaniyatiga qo’shgan ulkan xazinalarini o’rganish katta ilmiy ahamiyatga egadir”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o’qituvchilar va murabbiylar kuniga bag’ishlangan yig’ilishda hamda “Oliy Majlisga Murojaatnomasida” – Biz o’z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans -poydevorini barpo etishdek ulug’ maqsadni qo’ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak” deya takidlaganlar.Uchinchi Renessans poydevorini qurishda Prezidentimizning quyidagi so’zlarini keltirishimiz joiz: “Hech shubhasiz, o’z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo’lgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo’lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda”. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo’lishning o’zi katta baxt, katta sharafdir. Tarixda bobolarimiz o’z ilmiy kashfiyotlari bilan quyosh misol nur sochishgan. Yoshlarimiz buyuk bobolariga munosib avlod bo’lishlari uchun ajdodlarimiz qoldirgan ilmiy meroslarini o’rganishlari zarur. https://scientific-jl.com/luch/ 6 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Ana shunday allomalardan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniydir. Beruniyni yer yuzidagi barcha mamlakatlar aholisi buyuk ensiklopedist olim sifatida yaxshibilishadi. “Beruniy turli fan sohalariga qo’shgan hissasini 150 dan ortiq asarlaridan ham ko’rish mumkin. Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, “O’tmish xalqlaridan qolgan yodgorliklar”, “Qonuni Mas‘udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Astranomiya” kabi asarlaridir. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: Matematikaga oid 22 ta , astranomik asboblar haqida 10 ta, astralogiyaga oid 21 ta,turli fanlar ( fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqa) 38 ta. Turli tillardan tarjima qilingan asarlar 21 ta. Afsuski, Beruniyning bu asarlaridan 30 ga yaqini bugungi kunga qadar yetib kelgan”. Ushbu asarlar bizga qomusiy bilimlar sohibi - Beruniyning ilmiy qarashlari, jahonshumul ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlari, tevarak-atrofga, voqeahodisalarga, bir so’z bilan aytganda, tabiatga diniy nuqtai –nazardan qarash mutlaqo hukmron bir paytda ko’rsatgan buyuk shijotlari, dunyoqarashlari, mamlakat siyosiy hayotidagi ishtiroki, shaxsiy hislatlari va h.k. lar haqida tasuvvur hosil qilishimizga imkon beradi. U yashagan davr bizdan qanchalik uzoq bo’lishiga qaramasdan u go’yo bizning zamondoshimizga o’xshaydi. Chunki undagi geniylik tabiati, ilmiy tadqiqot ishlarida qo’llagan usullari bizga yaqqol ko’rinadi. U yuqorida ta‘kidlaganimizdek matematik, astranom, geograf, tarixchi, sayohatchi, tilshunos, olim shoir va faylasuf edi. Uning asarlari chuqur falsafiy zavq bilan yozilgan bo’lib, ulardagi ilmiy masalarning matematik tomondan qarab tekshirilganligi yaqqol ko’rinib turadi. Agar Beruniyning tarjimai holiga doir bizgacha yetib kelgan manbalarni qator qo’yib, ular ichida eng ishonchlilarini, beradigan ma‘lumoti jihatidan mukammalroqlarini ajratish kerak bo’lganda, shubhasiz olimning o’z asarlarini tanlagan bo’lar edik. Beruniy asarlari – uning jahon fani oldidagi buyuk rolini yaqqol ko’rsatuvchi bamisoli muazzam bir haykaldir. https://scientific-jl.com/luch/ 7 0 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Asosiy qism O’rta asrning buyuk olimi Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va tekshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan. Beruniyning turli fanlar sohasi bo’yicha qo’llagan tajribaviy uslubi naqadar foydali ekanligini “Minerologiya” asarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Beruniyning minerologik merosini o’rganuvchi rus olimlaridan biri G.G.Lemmleynuning minerologiyada qo’llagan uslubi va minerologiya faniga qo’shgan hissasi to’g’risidagapirib: “Mantiqiy tuzilishlarni kuzatish va tajribada aniqlashni talab etuvchi ilmiy uslub hamda
Доказательный фрагмент
«In this article, the important contribution of the Central Asian encyclopedist https://scientific-jl.com/luch/ 6 8 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Abu Rayhan Beruni to science, the evaluation of his scientific approache…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the important contribution of the Central Asian encyclopedist https://scientific-jl.com/luch/ 6 8 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Abu Rayhan Beruni to science, the evaluation of his scientific approache… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- minerologik meros., buyuk ensiklopedist olim, Novatorlik, Kalit so‘zlar - Uchinchi Renessans
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024