Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALISHER NAVOIYNING MA’NAVIY - MA’RIFIY MEROSI
Botirov Diyorbek Dilshod o‘g‘li
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
The great thinker, enlightener and great poet of the Uzbek people, Alisher Navoi, paid special attention to the upbringing of young people. He encouraged children to love science and labor, and taught them the need to use the knowledge and skills they had learned for the people and the homeland. Keywords: Alisher Navoi, poet, literature, “Zubdat ul-tavorikh”, youth, “History of the Prophets and Rulers”, “History of the Land of the Ajam”. Alisher Navoiy – o‘zbek adabiyotini jahoniy mavqega ko‘tara olgan barmoq bilan sanarli ulug‘ shoirlarimizdan biri. Bunday ijodkorlarning nomi, https://scientific-jl.com/luch/ 8 8 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 haqli ravishda, ular mansub bo‘lgan xalq nomi bilan chambarchas bog‘lanib qoladi. Shu bois, Alisher Navoiyning qutlug‘ nomi tilga olinganda o‘zbek xalqi, shu xalq nomi eslanganda esa ulug‘ shoirning nurli qiyofasi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Buni Prezidentimizning 2020 yil 23 sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida so‘zlagan nutqi misolida ham ko‘rish mumkin. Dunyo jamoatchiligining e’tiborini tortgan bu ma’ruzaga nisbatan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an o‘z munosabatini bildirarkan, O‘zbekiston Prezidentining Navoiy tilida gapirganini iftixor bilan e’tirof etgan edi. Alisher Navoiy ijodi nafaqat muallif adabiy niyatining ulug‘vorligi bilan, balki ana shu buyuklikka nihoyatda munosib yaratilgan ko‘rkam libos yanglig‘ badiiy kashfiyotlarning mo‘jizakorligi bilan ham hayratlanarlidir. Ulug‘ shoir nazmu nasrining bayt, bandu jumlalaridagi nozik ishoralarni teran mushohadakorlik asosida anglash kitobxon ruhi oniyda seskanishiga, tuyg‘ulari junbishga kelishiga omil bo‘ladi. Bunday saodatni bugungi kitobxonga taqdim etish uchun Alisher Navoiy asarlari sarchashmalariga tayanilgan yangicha talqinlarga ehtiyoj oshib bormoqda. Shu sababli keyingi yillarda shoir ijodini ilmiy tadqiq etishga qaratilgan e’tibor tizimli ravishda oshirilib borilgani kuzatiladi. Alisher Navoiyning badiiy mahorati, o‘ziga xos badiiy kashfiyotlari sirini teran o‘rganish navoiyshunoslikni qiziqtirib kelayotgan eng muhim masalalardan biridir. O‘tmishda badiiy ijod va tarixnavislikning uyg‘un holatda tarixiy asarlarda namoyon bo‘lgani I.Pardayeva dissertatsiyasida Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam» asarlari misolida o‘rganilgan. Tadqiqotchi bu ikki asar «Zubdat ul-tavorix»ning tarkibiy qismlari ekanini asoslashga harakat qiladi. N.Sharipova esa ulug‘ shoirning poetik mahorati masalasini «Xamsa»ning dastlabki dostoni bo‘lmish «Hayrat ul-abror» misolida tadqiq etadi. Dissertant dostonning o‘ziga xos kompozitsiyasi, obrazlar olamiga oid muhim umumlashma-xulosalarni tahlillar asosida dalillashga harakat qilgan. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy asarlarini qiyosiy sathda https://scientific-jl.com/luch/ 8 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 o‘rganish ularda qo‘yilgan masala mohiyatini imkon qadar chuqur anglash imkonini beradi. Ayni jihatiga ko‘ra D.Nazarovaning «Subhat ul-abror» va «Hayrat ul-abror» dostonlarining qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan dissertatsiyasi ham e’tiborga loyiqdir. Izlanuvchi «abror» so‘zining Qur’oni karimdagi talqinlariga e’tibor qaratib, muqaddas kitobda bu so‘z jannat ahlining sifatlaridan biri, valiysifat zotlarning ta’rifi, basirat ko‘zi ochiq, qalbi imon nuri bilan munavvar zotlarga nisbatan turli shakllarda yigirma marta qo‘llanganini ma’lum qiladi. Abrorlar valiylar toifasining biri bo‘lib, o‘z nafsi tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib qolmay, dunyoning obodonligi va el-yurt farovonligi uchun ham sa’y-harakat ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tadi. Dissertant nazarida abrorlar dinni deb dunyodan, dunyoni deb dindan voz kechmaydilar, balki dunyo ashyolarini taqvoni mustahkamlash uchun vosita o‘laroq qo‘llay oladilar. Alisher Navoiy devonlarining hali o‘zi tartib berishga kirishmasdan oldin muxlislari tarafidan kitobat qilinishi uning beqiyos iste’dodiga berilgan muhim bahodir. Tadqiqotchi R.Jabborov dissertatsiyasida «Oqquyunli muxlislar devoni»ning Alisher Navoiy lirikasi va davr madaniy muhitidagi o‘rni masalasida so‘z yuritiladi. Bu devon ulug‘ shoir ijodiy evolyutsiyasini baholashda qimmatli manba bo‘lishi dissertatsiyada o‘z ifodasini topgan. Vatanimizning mustaqilligini mustahkamlashning eng muhim vazifasi har bir sohada o‘z mutaxassislarimizni, olimlarimizni yetishtirishdir. Shunday ekan, ilm-fanning qaysi yo‘nalishi bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zligimizga qaytishimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz, olim bobokalonlarimiz qoldirib ketgan qo‘lyozmalarni o‘qib, o‘rganib, ulardan hayotning bugungi talablariga javob bera oladigan bilim va ko‘nikmalar hosil qilishimiz lozim. O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtirdi. https://scientific-jl.com/luch/ 9 0 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Alisher Navoiy ilm,
Доказательный фрагмент
«The great thinker, enlightener and great poet of the Uzbek people, Alisher Navoi, paid special attention to the upbringing of young people.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe great thinker, enlightener and great poet of the Uzbek people, Alisher Navoi, paid special attention to the upbringing of young people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Alisher Navoi, poet, literature, “Zubdat ul-tavorikh”, youth, «Tarixi muluki Ajam»., литература, Keywords: Alisher Navoi, adabiyot, «Zubdat ul-tavorix», “History of the Prophets and Rulers”, shoir, «Зубдат ул-таворих», поэт, «Tarixi anbiyo va hukamo», Kalit so’zlar: Alisher Navoiy, yoshlar, “History of the Land of the Ajam”., «История нового Аджама»., «История пророков и правителей», Ключевые слова: Алишер Навои, молодежь
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024