Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YASHIRIN IQTISODIYOTNI JILOVLASHDA SOLIQ SIYOSATI MEXANIZMLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH
MEXANIZMLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH · Berdiqulova Sevinch Toxir qizi (Toshkent kimyo texnologiya institute Yangiyer filiali o‘qituvchisi) · Ismoilova Intizor Mansurbek qizi (Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali 2-bosqich talabasi)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada nafaqat mamlakatimizda, balki boshqa davlatlarda ham yashirin iqtisodiyotni tartibga solish maqsadida soliq siyosatidan foydalanish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va yashirin iqtisodiyot darajalari haqida muhim ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so’zlar: YaIM, xufiyona iqtisodiyot, OECD mamlakatlari, “pulni yuvish”, yashirin sektor, qora bozor, deklaratsiya Kirish. Mamlakatda soliq yukini soliq to‘lovchilar o‘rtasida adolatli taqsimlash va bozorda halol raqobat muhitini shakllantirishda samarali soliq ma’muriyatchiligini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Soliq nazoratining samaradorligi esa soliq to’lovchilar va soliq obyetlarini to’liq qamrab olinganligi, soliq majburiyatlari hisobini to’g’ri va aniq yuritilishi hamda soliq nazoratini muvafaqqiyatli amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tashabbuslari va bevosita rahnamoligida iqtisodiyotni rivojlantirish va investisiyalarni faol jalb qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 8 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Prezidentining 2020 yil 2-martdagi PF-5953-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2021-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida “Yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish bo‘yicha bir qator chora- tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Asosiy qism. Yashirin iqtisodiyot - bu qonuniy yoki noqonuniy iqtisodiy faoliyatlar bo‘lib, ular davlat organlaridan qastdan yashiriladi, bu orqali soliqlardan qochish, qonunchilik talablariga rioya qilmaslik yoki boshqa huquqiy majburiyatlarni bajarmaslik maqsad qilingan. Yashirin iqtisodiyotga qonuniy mahsulotlar va xizmatlardan olingan daromadni hisobga olmaslik, noqonuniy faoliyatlar (masalan, kontrabanda yoki giyohvand moddalar savdosi), hamda norasmiy ishlash tartiblari kiradi, bu yerda xodimlar - rasmiy hisobdan tashqari pul olishadi. Yashirin iqtisodiyot - bu davlatning nazoratidan chetda qolgan iqtisodiy faoliyatlarning murakkab to‘plami bo‘lib, qisqa muddatda ayrim foyda keltirishi mumkin, lekin uning salbiy ta’siri butun jamiyat va davlat uchun jiddiy bo‘ladi. Yashirin iqtisodiyot, shuningdek, norasmiy iqtisodiyot, yoki yashirin sektor deb ham ataladi. Bu iqtisodiyot davlat nazorati va soliqqa tortish tizimidan tashqarida ishlaydi. Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va ma’muriy yukni kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish maqsadida: Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya, hududiy komissiyalar tashkil etilgan. Mamlakatda “xufiyona iqtisodiyot” darajasining yuqoriligi poraxo‘rlik darajasining ham yuqori darajada bo‘lishiga zamin yaratadi. Past daromadli davlatlarda “xufiyona iqtisodiyot” ko‘lami oshishi bilan korrupsiya darajasi ham oshishi aniqlangan. Shuningdek, “yashirin iqtisodiyot” va inflyatsiya bir-biri bilan musbat bog‘liq, soliq yuki bilan https://scientific-jl.com/luch/ 1 1 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 esa manfiy bog‘liqlik mavjud. “Yashirin iqtisodiyot” bilan norasmiy bandlik tahlili rivojlanayotgan davlatlarda norasmiy band fuqarolar soni rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar sonidan katta ekanligini ko‘rsatadi. 2024-yil holatiga ko’ra, O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotdan davlat budjetiga 30 trln so‘m, yalpi ichki mahsulotga 135 trln so‘m zarar yetkazilgan. Deyarli 11 mingta korxona (41%) hisobotlarida faqat 1 kishini ishchi sifatida ko‘rsatgan. “Yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘lyapti”. Davlat rahbari e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatlarda 140 trillion so‘m, qurilishda 50 trln so‘m, sanoatda 40 trln so‘m mahsulot “soyada” qolmoqda. Agar ular joyida bo‘lsa, bu orqali yalpi ichki mahsulotga 135 trln so‘m, davlat budjetiga esa 30 trillion so‘m miqdorida tushum qilish mumkin. 27 mingta qurilish korxonasining 41 foizi yoki 10 947 mingtasi hisobotida faqat bir nafar ishchisini rasmiy xodim sifatida ko‘rsatgan bo‘lsa, shundan 2249 tasi Toshkent shahrida, 1087 tasi Toshkent viloyatida, 837 tasi Samarqand shahrida va hokazo. Ushbu korxonalar tomonidan o‘tgan yil davomida 4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilangan: - biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish, soliq rejimini soddalashtirish hamda naqd
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nafaqat mamlakatimizda, balki boshqa davlatlarda ham yashirin iqtisodiyotni tartibga solish maqsadida soliq siyosatidan foydalanish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora- tadb…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nafaqat mamlakatimizda, balki boshqa davlatlarda ham yashirin iqtisodiyotni tartibga solish maqsadida soliq siyosatidan foydalanish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora- tadb… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “pulni yuvish”, yashirin sektor, deklaratsiya, Kalit so’zlar: YaIM, OECD mamlakatlari, qora bozor, xufiyona iqtisodiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026