К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI TASHKIL ETISH

SAVODXONLIKNI TASHKIL ETISH · Mirxalilova Nargiza Akbarovna

Лучшие интеллектуальные исследования · 13 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida funksional savodxonlikni tashkil etish va uning amaliy natijalari, dissertatsiya mavzusi uchun asos bo’lgan oliy ta’lim o’quv fanlari, funksional savodxonlik o’z ichiga qamrab olgan savodxonlikning turlari, boshlang’ich sinf o’quvchilarida funksional savodxonlikning amalga oshirish yo’llari, funksional savodxonligi darajasi ko’rsatkichlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida funksional savodxonlik darajasini oshirish bosqichlari, funksional savodxonlik darajasini oshirish yo‘nalishlari, funksional savodxonlikni rivojlantirish darajalari va foydalanilgan samarali metodlar bayon qilingan. Kalit so’zlar: savodxon shaxs, o‘quv fanlari, funksional savodxonlik, metodlar, ko’rsatkichlar, savodxonlik darajasi, PIRLS xalqaro baholash dasturi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxon shaxs bo‘lib yеtishishida xalqaro tadqiqotlarning o‘rni muhim hisoblanadi. Zero boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional savodxonlik bu o’qish, matematik, kreativ savodxonlikni yuqori darajada o‘zlashtirilishi va kompetensiyalarni hayotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakasidir. Shunday qilib, funksional savodxonlik - o’qish, matematika, tabiiy fanlar, moliyaviy va kompyuter savodxonligi, global kompetensiyalar va kreativ fikrlashni birlashtirish asosida olingan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni kundalik hayotda muvaffaqiyat bilan qo’llash bilan izohlanadi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 9 3 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 O‘quv fani dasturlarini tahlil qilishda oxirgi 2022-2023 o’quv yilida va 2023- 2024 o’quv yilda tasdiqlangan o‘quv rejalarga mos ravishda tuzilgan dasturlar asos qilib olindi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida funksional savodxonlikni shakllantirishda asosiy poydevor hisoblanadigan o‘quv fanlari («Boshlang‘ich ta’limda me’yoriy hujjatlarni yuritish», «Boshlang’ich ta’limning xalqaro dasturlari», «STEAM ta’limi asoslari», «Matematikada xalqaro baholash dasturlari», «Ona tili-o’qish savodxonligi va uni o’qitish metodikasi» va «Matematika va uni o‘qitish metodikasi»)ning namunaviy o‘quv dasturlari tahlil qilindi. Pedagogika OTM o‘quv fan dasturlarida, asosan, talabalar egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar keltirilgan bo‘lib, rivojlantirilishi zarur bo‘lgan kompetensiyalarni kiritish ularning mazmunini to‘ldirishi aniqlandi. O‘quv fani dasturlariga kiritilgan adabiyotlar, asosan XX asrning 90-yillarida chop etilgan bo‘lib, ularda talabalarda, asosan, bilimlar berish nazarda tutilganligi, funksional savodxonlikni shakllantirish e’tiborga olinmaganligi sababli adabiyotlarning qayta nashrida funksional savodxonlikni ham rivojlantirishga e’tibor qaratish va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi aniqlandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida funksional savodxonlikni shakllantirishni tashkil etish еsa funksional savodxonlik tushunchasini xalq ta’limiga tadbiq etish, funksional savodxonlikni shakllantirish usullarini amaliyotda joriy etish, funksional savodxonlik darajalari, funksional savodxonlikni shakllantirish vositalarini qamrab oladi. Amaliy natija esa xalqaro baholash dasturlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarida funksional savodxonlikning uch turi, ya’ni, o’qish, matematik, kreativ savodxonlik darajalari rivojlanganligi va O‘zbekiston Respublikasi 2030 yilda xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional savodxonligi dunyoning kuchli 30 ta davlatlarining tarkibiga kirishni tashkil etadi. Tadqiqot doirasida masalani amalga oshirish jarayoni ishlab chiqildi va u quyidagicha loyihalandi: https://scientific-jl.com/luch/ 1 9 4 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Funksional savodxonlik- o’qish, matematika, tabiiy fanlar, moliyaviy va kompyuter savodxonligi, global kompetensiyalar va kreativ fikrlashni birlashtirish asosida olingan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarni kundalik hayotda muvaffaqiyat bilan qo’llash bilan izohlanadi. Funksional savodxonlik o’z ichiga savodxonlikning quyidagi turlarni qamrab oladi: 1. O’qish savodxonligi; 2. Matematik savodxonlik; 3. Tabiiy fanlar savodxonligi; 4. Moliyaviy savodxonlik; 5. Kompyuter savodxonligi; 6. Kreativ savodxonlik. Tadqiqotimizda yuqorida qayd etilgan savodxonlik turlaridan funksional savodxonlikning uch turi doirasida tushunchalar tahlil qilindi hamda shu asosda tadqiqot metodikasi shakllantirildi: 1. O’qish savodxonligi; 2. Matematik savodxonlik; 3. Kreativ savodxonlik. O’quvchilarning funksional savodxonligi darajasi ko’rsatkichlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Maqsadni belgilsh; 2. Rejalashtirish; 3. Qaror qabul qilish; 4. Amalga oshirish; 5. Natijalarni baholash. Nazariy materialdan amaliyotda foydalana olish faoliyati mazmuni boshlang’ich sinf o’quvchilarini quyidagi xususiyatlarini rivojlantiradi: 1. O‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantiradi; 2. Kognitiv aqliy faoliyatni faollashtiradi; https://scientific-jl.com/luch/ 1 9 5 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 3. O‘z-o‘zini o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi; 4. Universal ta’lim

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida funksional savodxonlikni tashkil etish va uning amaliy natijalari, dissertatsiya mavzusi uchun asos bo’lgan oliy ta’lim o’quv fanlari, funksional savodxonlik o’z ichiga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida funksional savodxonlikni tashkil etish va uning amaliy natijalari, dissertatsiya mavzusi uchun asos bo’lgan oliy ta’lim o’quv fanlari, funksional savodxonlik o’z ichiga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
PIRLS xalqaro baholash dasturi., savodxonlik darajasi, o‘quv fanlari, Kalit so’zlar: savodxon shaxs, ko’rsatkichlar, metodlar, funksional savodxonlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники