Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MA’NAVIYAT, IQTISOD VA ULARNING O‘ZARO BOG‘LIKLIGI
Isroilova Lazokat Gafurjanovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Maqolada ma’naviyatning iqtisodiyot bilan o‘zaro bog‘liq tomonlari, ma’naviyatning respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni hamda iqtisodiyotni rivojlantirish va shakllantirishda ma’naviyatning tutgan o‘rni to‘g‘risida fikr va mulohazalar bildirilgan. Kalit so‘zlar. Iqtisodiyot, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, rivojlanish, hususiyat, O‘zbekiston Respublikasi, tarbiyalash, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ma’naviya va iqtisodning o‘zaro bohliqligi. Iqtisod tushunchasiga turlicha ta’riflar berilib kelinmokda. Ular qanchalik turli-tuman bo‘lmasin, bu ta’riflarni birlashtiruvchi, umumlashtiruvchi tomonlar mavjud. Berilayotgan ta’riflarning turli-tumanligi mualliflarning fan o‘rganayotgan masalaning u yoki bu tomoniga ko‘proq etiborni berganligi bilan bog‘liqdir. Aslida iqtisodiyotni inson hayoti va faoliyati bilan uyg‘un holda qarash to‘g‘ri bo‘ladi. «Iqtisodiyot deganda kishilar hayotini ta’minlaydigan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va uning iste’moli bilan bog‘liq barcha sohalarning yig‘indisi va ayni jarayonda ishtirok etayotgan odamlarning faoliyati, ular o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlar, munosabatlarning yaxlit birligini tushunmoq kerak». Ishlab chiqarishning o‘sishi va kishilar, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar bozor munosabatlarini keltirib chiqargan. O‘rta Osiyoda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllangan. Tarixiy hujjatlarning guvohlik berishicha, https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 bundan ming yillar muqaddam Buxoro va Xiva savdogarlari odamlar ko‘zini quvnatib, hayron qoldirgan tovarlar va buyumlarni Hindiston va Xitoyga, Rossiya va g‘arbiy Ovro‘pa mamlakatlariga yetkazib borganlar. O‘rta Osiyoda bozor munosabatlarining qadimdan rivojtopganiga «Buyuk Ipak yo‘li» yaqqol misol bo‘la oladi. Shunday ekan, hozirgi zamon tilida ishlatilayotgan bozor iqgisodi va uning mohiyati nima? Uni qisqacha ifodalaydigan bo‘lsak, u quyidagilarni anglatadi: Bozor iqtisodi degan so‘z birinchi navbetda muloqot, gaplashish, kelishish, savdolashish, ikki tomonga to‘g‘ri keladigan umumiy narxni, raqamni, xulosani topish demaqdir. Jahon tajribasi, shu jumladan, o‘zimizning mamlakatimiz tajribasi ham iqtisodiyot faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan qonunlar asosida rivojlanib borganligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlarining qonunlarini nazar-pisand qilmaslik, buzish iqtisodiyotni og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, sobiq ittifokda 70 yildan ortiqroq davr mobaynida bozor iqtisodiyotiga aloqasi bo‘lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko‘rildi. Bu sobiq mustabid tuzumga va uning xalqiga juda qimmatga tushdi. Iqtisodiyotning ham o‘z ob’ektiv qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan hisoblashmaslikning hech bir iloji yo‘q. Har doim iqtisod o‘z yo‘lidan boraveradi, uni to‘xtatish mumkin emas. Kimki iqtisod qonunlarini nazar-pisand qilmasa, boshi berk ko‘chaga kirib qolishi muqarrardir. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, u qaysi yo‘ldan borishi kerak, degan masala oldimizda ko‘ndalang bo‘lib turdi. Islom Karimov mustaqillikka erishishimizning birinchi kunlaridanoq jahondagi turli mamlakatlarning tajribalarini chuqur va har tomonlama o‘rganib, mustaqil O‘zbekistonning bundan buyongi taraqqiyot yo‘li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yo‘lidan borish ekanligiga qatiy ishonch hosil etdi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 3 0 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Ammo, bozor munosabatlarining qaysi yo‘li, qaysi shakli biz uchun maqbul, qaysi birini o‘zimizning bundan buyongi taraqqiyotimiz uchun tanlab olishimiz kerakligi masalasi oldimizda turgan muammo edi. Bozor munosabatlariga o‘tish Angliyada 200 yil, boshqa mamlakatlarda 100-150 yil mobaynida, Yaponiya, Suriya mamlakatlarida 20-30 yil davomida shakllangan. Yuqorida aytganimizdek, bozor munosabatlariga o‘tish davr talabi. Biz uchun bundan boshqa yo‘l yo‘q Buni Respublikamiz ahli to‘g‘ri anglab yetdi. Ammo, kutib o‘tirishga vaqt yo‘q edi. Vaqt, davr nihoyatda tig‘iz edi. Tezkorlik bilan mustaqil Respublikamizning bozor munosabatlariga qanday qilib, qaysi usulda o‘gishini tanlab olish, bunda jahonning barcha ilg‘or tajribalarini umumlashtirish va foydalanishni hal etish lozim edi. Buning uddasidan chiqdik. Bunda Islom Karimov katta shijoat ko‘rsatdi. Bozor munosabatlariga o‘tishning jahonda orttirilgan barcha ijobiy tajribalarini o‘rganib, xalqimizning tarixiy taraqqiyotiga, ruhiyatiga, mentalitetiga, milliy xususiyati, iqlim shart- sharoitlariga, mamlakatimizning jo‘g‘rofiy mavqeiga asoslangan o‘zimizga xos va mos yo‘lni belgilab oldik. Ushbu yo‘lning, konsepsiyaning qoidalari mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda, xususan, «O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li» har tomonlama asoslanib, bayon qilib berilgan. Bu «O‘zbekiston yo‘li» sifatida jahon bo‘yicha yuksak baholanib kelinmokda. Ushbu tanlangan yo‘lning mohiyati Uzbekiston Respublikasining ishlab chiqqan va ilgari surgan besh tamoyilda o‘z ifodasini topgan. Bu tamoyillar faqat bizning mamlakatimizda emas, endilikda boshqa mam
Доказательный фрагмент
«Maqolada ma’naviyatning iqtisodiyot bilan o‘zaro bog‘liq tomonlari, ma’naviyatning respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni hamda iqtisodiyotni rivojlantirish va shakllantirishda ma’naviyatning tutgan o‘rni to‘g‘risi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ma’naviyatning iqtisodiyot bilan o‘zaro bog‘liq tomonlari, ma’naviyatning respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni hamda iqtisodiyotni rivojlantirish va shakllantirishda ma’naviyatning tutgan o‘rni to‘g‘risi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘zbekiston Respublikasi, tarbiyalash, rivojlanish, hususiyat, ma’naviya va iqtisodning o‘zaro bohliqligi., ma’naviyat, madaniyat, Kalit so‘zlar. Iqtisodiyot, ma’rifat, iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014