Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MA’NAVIYATNING SIYOSAT, HUQUQ VA HOKIMIYATDAGI O‘RNI
Isroilova Lazokat Gafurjanovna
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
Maqolada ma’naviyatning milliylik va umuminsoniylik va umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro bog‘liq tomonlari ochib berilgan bo‘lib, ma’nviyatning yurtimiz milliyligi va umuminsoniyligi to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirilgan. Kalit so‘zlar. Milliylik, umuminsoniylik, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, rivojlanish, O‘zbekiston Respublikasi, inson qadr-qimmati, millat. Milliy ma’naviyat va unkmg xususiyatlari Milliy ma’naviyat «millat» tushunchasi bilan bog‘liq. «Millat» so‘zi «o‘zak», «tub mohiyat», «negiz» degan ma’noni bildiradi. «Millat» so‘zi arab tilida quyidagi uch ma’noni anglatadi: birinchi – din, mazhab; ikkinchi – ummat; uchinchi – xalq, qavm. Millat so‘zi Qur’oni Karimda ham qo‘llanilgan. Qur’onda har bir millat vakili o‘z milliy qadriyatlarini rivojlantirishi savobli ish, o‘z millatidan, qavmidan kechib, boshka millatga o‘tib olishi esa gunoh deb ta’riflangan. Ma’naviyatni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: Birinchisi – shaxs ma’naviyati, ikkinchisi – milliy ma’naviyat, uchinchisi – mintaqaviy ma’naviyat, to‘rtinchisi – umuminsoniy ma’naviyat. Shaxs ma’naviyati – har shaxsga tegishli bo‘lib, uning ichki ruhiy holati, xatgi-harakatlari, munosabatlari va boshqa qirralarini o‘z ichiga oladi. Milliy ma’naviyat – muayyan elat, millatta, uning ajdodlariga xos bo‘lgan https://scientific-jl.com/luch/ 2 1 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 g‘oyat qimmatli ma’naviy boyliklardir. Mintaqaviy (regional) ma’naviyat – muayyan jo‘g‘rofiy mintaqa millatlariga xos, ular uchun umumiy bo‘lgan ma’naviy boyliklardir. Masalan, O‘rta Osiyo xalqlarining yoki slavyan xalqlarining ma’naviyatidagi yoki yanada kengroqdoirada oladigan bo‘lsak, Sharq va G‘arb ma’naviyatidagi mushtaraklik, o‘xshashlikni olishimiz mumkin. Mintaqaviy ma’naviyatda turli elatlarning umumiy birligi, bir-biriga yaqinligi, turmush tarzi va moddiy hayot sharoitlariga xos mushtarak jihatlar namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy ma’naviyat – bugun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy boyliklardir. Milliy ma’naviyat – boshqa millat ma’naviyatidan tubdan farq qilinadigan ma’naviyat degani emas. Chunki bizdagi milliy ma’naviyat boshqa xalqlarda muayyan tarzla bor, mavjudsir. Ammo, milliy ma’naviyatda boshqa xalqlarning ma’naviyati aynan takrorlanmaydi. Shunday bo‘lganda edi milliy ma’naviyat bo‘lmas edi. Millat mavjud ekan, milliy ma’naviyat bo‘ladi. Milliy ma’naviyatni yo‘qotish mumkin emas. Milliy ma’naviyatni yo‘qotish uchun qanchalik harakat qilinsa, shunchalik milliylikni, milliy ma’naviyatni saqlash uchun kurash kuchayadi. Xulosa shuki, inson qalbidagi milliylikni yo‘qotish mumkin emas. Ko‘rinadiki, milliy ma’naviyat hodisasi ham tarixiy, ham bugungi kunda mavjudligini saqlab turgan ko‘p o‘lchamli voqelikdir. Inson ma’naviy olami o‘lchamlari cheksiz bo‘lib, uni hech bir narsa bilan o‘lchash, qiyoslash mumkin emas. Milliy ma’naviyat avvalo, milliy ongda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham mustaqillikka erishganimizdan buyon milliy ongni rivojlantirishni tarbiyaviy ishning muhim bo‘g‘imi sifatida olib qaramoqdamiz. Milliy ongning rivojlanishi pirovard milliy o‘zlikni anglash sari yetaklaydi. https://scientific-jl.com/luch/ 2 2 0 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Milliy ma’naviyatning asosiy belgi va o‘zagi - milliy axloq sanaladi. Bizning milliy axloqimizdagi belgilar boshqa axloqiy qarashlarida muayyan tarzda namoyon bo‘ladi. Milliy ma’naviyatda - milliy his, tuyg‘u, ruhiyatham muhim o‘rin egagllaydi. Chunonchi, zamona taqozosi bilan boshqa yurtga safarga borgudek bo‘lsak va o‘sha yerda milliy kuy, qo‘shiqni eshitgudek bo‘lsak, bizning vujudimizni ajib bir his, tuyg‘u qamrab oladi va undan ruhiy huzur olamiz, qanoat hosil etamiz. Ya’ni ma’naviy ozuqalanamiz. O‘zbek xalqi uchun umuminsoniy ma’naviyat bilan birga milliy ma’naviyat va uning boyliklari ham g‘oyat qimmatlidir. Bularga o‘zbek xalqining o‘zi yaratgan, boyitgan, saqlab kelayotgan, aalodlan-avlodga o‘gib, boyib, sayqal topib, rivojlanib borayotgan milliy-ma’naviy boyliklar, ajdodlardan qolgan axloqiy an’ana, marosimlar, axloqiy pand-nasihatlar va hokazolar kiradi. O‘rta Osiyolik mutafakkirlarning ilmiy merosida, manbalarda o‘zbeklarda qadrlangan, o‘zbekona axloq, odobga oid ma’naviy fazilatlar haqida ko‘plab qimmatli fikr, ma’lumotlar mavjuddir. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma» asarida o‘zbeklarga xos bo‘lgan ko‘plab ma’naviy-axloqiy sifatlarni tasvirlaydi. Bular imon va e’tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, bolajonlik, halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik, farzandlarning ota- onalariga, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug‘lariga mehribonligi, diniy qadriyatlarga rioya qilish, savodxonlik, sahovatlilik, xushfe’llik, shirin so‘zlik, mardlik, odillik, xayolilik, mehnatsevarlik va boshqalardir. O‘zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari o‘tmish milliy ma’naviyatining davomi bo‘lib ularga do‘stlik, o‘rtoqlik, mehmondo‘stlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axloqiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, saxiylik, xushmuomalalilik, ja
Доказательный фрагмент
«Maqolada ma’naviyatning milliylik va umuminsoniylik va umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro bog‘liq tomonlari ochib berilgan bo‘lib, ma’nviyatning yurtimiz milliyligi va umuminsoniyligi to‘g‘risida fikr mulohazalar bi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ma’naviyatning milliylik va umuminsoniylik va umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro bog‘liq tomonlari ochib berilgan bo‘lib, ma’nviyatning yurtimiz milliyligi va umuminsoniyligi to‘g‘risida fikr mulohazalar bi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquq, O‘zbekiston Respublikasi, tarbiyalash, siyosiy jarayon., huquqshunoslik, hokimiyat, ma’naviyat, Kalit so‘zlar. Siyosat, madaniyat, ma’rifat, o‘zaro munosabat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024