К содержанию
РецензированоRU2025

MAQSUD SHAYXZODANING UNUTILMAS ILMIY MEROSI

Toshkent Davlat Transport Unversiteti · Transport Tizimlari Boshqararuvi · Ko‘chasi. / Tashkent

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

One of the outstanding figures of Uzbek literature, the zabardast playwright, the son of the literary philosopher Maksud Ma'sum Shaykhzadeh, sought to describe the modern reality in poetry and the historical past in dramaturgy, as he recognized himself, as well as to express the troubled issues of https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 7 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 the people and the country in his works dedicated to the past. It is no wonder that sheikhzoda enriched Uzbek poetry not only with poems and epics devoted to such colorful themes, but also written in different weights and genres. Sheikhzade is a multi-talented person. He, along with poems and epics, also created dramas with a very high artistic capacity. Even without taking into account the drama “Beruni”, which began to write at the end of his life, but did not finish and grew up, his drama “Jalaliddin Manguberdi” and “Mirzo Ulugbek” have already become the artistic property of our people and enter the palace of works that take place in our hearts. Key words: Playwright, poet, translator, poem, work of Jalaliddin Manguberdi. Maxsud Shayxzoda – o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, uning ilmiy va badiiy merosi adabiyotshunoslikda beqiyos o‘ringa ega. 20- asrning o‘rtalarida faoliyat yuritgan Shayxzoda, nafaqat she’r va drama sohasida o‘zini ko‘rsatgan, balki ilmiy izlanishlar, tarjima va adabiy tahlil sohasida ham katta hissa qo‘shgan. Uning asarlari o‘zbek adabiyoti rivojida yangi uslub va yondashuvlarni kiritib, bir vaqtning o‘zida chuqur ijtimoiy mazmun va insoniyat qadriyatlarini yoritgan. Shayxzodaning ilmiy merosi, uning adabiyotga bo‘lgan yondoshuvi, zamonaviylik bilan klassikani uyg‘unlashtirishi bugungi kunda ham o‘rganish va tadqiq etish uchun katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada, Maxsud Shayxzodaning ilmiy merosiga e’tibor qaratilib, uning adabiyotshunoslikdagi o‘rni, ilmiy yondoshuvlari va tarjima faoliyati tahlil qilinadi. Shayxzodaning ilmiy ishlari o‘zbek adabiyotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan va uning boy ilmiy merosi nafaqat uning davrida, balki bugungi kun adabiyotshunosligi uchun ham muhim o‘rganish manbaidir. Maxsud Shayxzoda ilmiy merosi faqat adabiyot sohasida emas, balki madaniyat va falsafani o‘z ichiga olgan. Uning ilmiy ishlari va tadqiqotlari, shuningdek, o‘zbek teatriga qo‘shgan hissasi, mamlakatimiz adabiyotini yangi https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 8 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 bosqichga olib chiqishda katta rol o‘ynadi. Ushbu maqola Shayxzodaning ilmiy merosiga bag‘ishlanib, uning ilmiy ishlari va adabiyotshunoslikdagi yondashuvlarini tahlil qiladi. Maqolada shuningdek, Shayxzodaning adabiy asarlaridagi g‘oyalar va ularning ijtimoiy hayot bilan bog‘liqligi, shuningdek, uning ilmiy ishlari va tarjimalarining ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Shayxzodaning ilmiy va badiiy merosi, uning o‘ziga xos metodologiyasi va adabiyotga qo‘shgan hissasi, bugungi kunda ham adabiyotshunoslar va yosh avlod uchun ilmiy tadqiqotlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu maqolada, Shayxzodaning asarlarini ilmiy tahlil qilish orqali uning adabiy merosini kengroq tushunish va o‘rganish maqsad qilingan. Shunday ijodkorlar bo‘ladiki, ular vafotlaridan keyin ham nafaqat milliy adabiyot xazinasidan joy olgan asarlari, balki ajoyib insoniy fazilatlari va porloq obrazlari bilan ham xalq xotirasida abadiy yashaydilar. Shunday ijodkorlardan biri Maqsud Shayxzodadir. Nizomiy vatanida tug‘ilgan Shayxzoda falakning gardishi bilan o‘zbek tuprog‘iga kelib qolib, hayotining baxtli va fojiali kunlarini shu yerda kechirdi. Shu yerda shoir, dramaturg, adabiyotshunos olim, tarjimon va pedagog sifatida shakllanib, o‘zbek adabiyoti, adabiyotshunosligi va tarjima maktabi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi. Xorazm shohi Allouddin Muhammadning o‘g‘li “Jaloliddin Manguberdi” dramasida Shayxzoda Vatan erki, Mustaqilligi uchun fidoyilarcha kurash olib brogan mana shu jasur sarkarda qiyofasini ba’diy gavdalantirdi. Jaloliddin Manguberdi Amir Temurga ham ibrat bo‘lgan buyuk siymodir. Ma’lumki, sho‘ro davrida o‘tmish tariximiz qoralab kelingan, chunki sho‘rolarga ana shunday vatanparvarlik qudrati ma’qul kelmas, bunday buyuk xislatlarini yangi avlodlarga o‘tishini istamas edilar, Vatanparvarlik hissiyoti jo‘sh urib yozilgan Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” dramasi 1945 yilda Hamza nomidagi O‘zbek davlat drama teatri tomonidan muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilganligiga qaramay, ko‘p o‘tmay sahnadan olib tashlandi. Muallifga esa o‘tmishni, honlarni, beklarni, feodalizmni oqlash va yoqlash tamg‘asi yopishtirildi. Bu aybnoma nohaq qamalishiga ta’sir ko‘rsatdi. Drama to‘laligicha ilk bor o‘zbek tilida https://scientific-jl.com/luch/ 3 3 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 dramaturg vafotidan 21 yil o‘tgach 1988 yil bosmadan chiqdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston hukumati “Jaloliddin Manguberdi” nomini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdining 106 tavalludining 800 yilligi”ni nishonlash haqida 1998 yil maxsus q

Доказательный фрагмент

«One of the outstanding figures of Uzbek literature, the zabardast playwright, the son of the literary philosopher Maksud Ma'sum Shaykhzadeh, sought to describe the modern reality in poetry and the historical past in d…»

Образец извлечения

Демо-превью

One of the outstanding figures of Uzbek literature, the zabardast playwright, the son of the literary philosopher Maksud Ma'sum Shaykhzadeh, sought to describe the modern reality in poetry and the historical past in d… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Playwright, poet, translator, poem, work of Jalaliddin, Kalit so‘zlar: Dramaturg, tarjimon, she’r, Jaloliddin Manguberdi asari., shoir, Key words: Playwright, work of Jalaliddin Manguberdi.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники