К содержанию
РецензированоUZ2025

YO’L HARAKATI QOIDALARI VA BELGILARINING AHAMIYATI

Raxmonov Murodjon Yuldashevich · Orifjonov Rasul Mashrabovich

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Yo’l harakati qoidalarini o’rganish, haydovchi, piyodalarni hatti harakatlari, yo’l belgilari, yo’l transport hodisalarini kelib chiqish sabablarini hamda uni oldini olish choralari haqida tushuncha beradi. Kalit so’z: transport, yo’l, haydovchi, temir yo’l, moped, velosipedchi, asosiy yo’l, aholi punkti, ajratuvchi mintaqa. 1. Ushbu Yo‘l harakati qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l harakatining yagona tartibini belgilaydi. 2. O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida transport vositalarining o‘ng tomonlama harakatlanish tartibi belgilangan. 3. Yo‘l harakati qatnashchilari “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yo‘l belgilari (ushbu qoidalarga 1-ilova), yo‘l chiziqlarining (ushbu qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yo‘llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari shart. 4. Yo‘l harakati qatnashchilari boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlanishiga xavf tug‘dirmasliklari kerak. Tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yo‘l https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 3 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish, shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi. Harakatga to‘sqinlik tug‘dirgan shaxs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni ko‘rishi, agar buning iloji bo‘lmasa, mavjud barcha vositalar bilan xavf-xatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi o‘rinlarda IIO) xabar berishi shart. 5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi: Avtomagistral — 5.1. yo‘l belgisi bilan belgilangan, har bir yo‘nalishning qatnov qismlari ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan (u bo‘lmaganda yo‘l to‘siqlari bilan) hamda boshqa yo‘llar, tramvay va temir yo‘llari, piyoda va velosiped yo‘lkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yo‘l. Avtopoyezd — ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi. Yo‘l harakati xavfsizligi — yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati. Velosiped — odam kuchi bilan harakatlantiriladigan (nogironlar aravachasidan tashqari) ikki yoki undan ortiq g‘ildirakli transport vositasi. Transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Haydovchi — yo‘llarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs. Boshqarishni o‘rgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 4 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaxslar haydovchiga tenglashtiriladi. Majburiy to‘xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo‘lovchining holati, yo‘ldagi biror to‘siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob- havo sharoitiga bog‘liq holda transport vositasi harakatini to‘xtatish. Asosiy yo‘l — tuproqli yo‘lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement- betonli, tosh va shunga o‘xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo‘lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo‘l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo‘lga nisbatan har qanday yo‘l. Ikkinchi darajali yo‘lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo‘lishi uni asosiy yo‘l bilan teng huquqli qilmaydi. Arava — ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo‘shib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga mo‘ljallangan qurilma. Yo‘l — transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan yer bo‘lagi yoxud sun’iy inshoot yuzasi. Yo‘l avtomobil va shahar elektr transporti yo‘llarini hamda trotuarlarni o‘z ichiga oladi. Yo‘l-transport hodisasi — transport vositasining yo‘lda harakatlanishi jarayonida ro‘y bergan, fuqarolarning halok bo‘lishiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo‘lgan hodisa. Yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui. Temir yo‘l kesishmasi — yo‘lning temir yo‘llar bilan bir sathda kesishgan joyi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 5 5 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Yo‘nalishli tra

Доказательный фрагмент

«Yo’l harakati qoidalarini o’rganish, haydovchi, piyodalarni hatti harakatlari, yo’l belgilari, yo’l transport hodisalarini kelib chiqish sabablarini hamda uni oldini olish choralari haqida tushuncha beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Yo’l harakati qoidalarini o’rganish, haydovchi, piyodalarni hatti harakatlari, yo’l belgilari, yo’l transport hodisalarini kelib chiqish sabablarini hamda uni oldini olish choralari haqida tushuncha beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moped, Kalit so’z: transport, asosiy yo’l, haydovchi, velosipedchi, aholi punkti, temir yo’l, ajratuvchi mintaqa., yo’l
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники