К содержанию
РецензированоUZ2025

TOVARLARNI YETKAZIB BERISHDA TAQSIMOT LOGISTIKASINING O‘RNI

LOGISTIKASINING O‘RNI · Hoshimov Qurbonali Foziljon o‘g‘li · Muxammadaliyev Qodirjon Iqboljon o‘g‘li (Andijon Mashinasozlik Instituti) · Usmonov Abdushukur Roxatali o‘g‘li (Andijon Mashinasozlik Instituti)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada taqsimot logistikasi bu iste'molchining talab va manfaatlariga muvofiq tayyor mahsulotni is’temolchigacha yetkazish jarayonidagi tashish, omborga qo‘yish va boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuidir. Shu bilan birga ushbu axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash hamda tovarlarni yetkazib berish taqsimot logistikasiga kiradi. Kalit so`zlar: Tovar, lagistik taqsimot, taqsimot,chakana savdo, mikro, makro, ulgurji, savdo, bozor, ombor, tayyor mahsulot, qadoqlash, jo’natish. Kirish. Taqsimot logistikasining o‘rganish ob'ekti yetkazib beruvchidan iste'molchigacha bo‘lgan harakat bosqichidagi moddiy oqimlardir. Moddiy oqim taqsimoti anchadan buyon faoliyatining axamiyatli tomoni bo‘lib kelmoqda edi, ammo nisbatan yaqindagina u eng muxim funksiyalardan biri mavqyeiga ega bo‘ldi. Taqsimot logistikasi tushunchasi uning lug‘aviy ma'nosi – biror-bir narsani https://scientific-jl.com/luch/ 3 8 7 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 kimlargadir (nimalargadir) bo‘lib berish, unda har biriga o‘ziga tegishli qismi taqdim etilishi tushuniladi. Iqtisodiyotdagi taqsimot – bu ishlab chiqarish jarayonining bir bosqichidir, oldin moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, keyin esa taqsimlash, ya'ni yaratilgan mahsulotdagi har bir ishlab chiqaruvchining ulushini aniqlash, lozim. Bunda ushbu ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan egalik xuquqi taqsimlanadi. Mahsulotlarning o‘zi esa, masalan ombordagi sabzavotlar, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari orasida taqsimlanmaydi.[1-2] Logistikada taqsimot deganda ushbu jarayonning buyumlashgan, seziladigan bir ma'nosi tushuniladi. Egalik xuquqlari taqsimoti bilan bog‘liq qonuniyatlar ham e'tiborga olinadi, ammo ular tekshirish va optimallashtirishning asosiy predmeti hisoblanmaydi. Taqsimot logistikasida o‘rganiladigan asosiy predmet – mavjud materiallar zaxirasining jismoniy taqsimot jarayonini ratsionallashuvidir. Mahsulotni qanday qadoqlash lozim, qaysi yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish kerak, omborlar tarmog‘i kerakmi (kerak bo‘lsa, qanday?), qanday vositachilar kerak – aynan shu masalalarni taqsimot logistikasi yechishi lozim bo‘ladi. Logistika moddiy oqimlarning to‘liq boshqaruvini o‘rganadi va amalga oshiradi, shuning uchun ham barcha bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, ya'ni nimanidir kimlargadir bo‘lib berish zarur bo‘ladi: -tovarlar xarid qilinganda yetkazib beruvchilar orasida buyurtmalar taqsimlanadi; -yuklar korxonaga kelib tushgandan so‘ng, ular saqlash joylari bo‘yicha taqsimlanadi; - ishlab chiqarishning har xil bo‘limlari o‘rtasida moddiy zaxiralar taqsimlanadi; -savdo jarayonida moddiy oqimlar taqsimlanadi va hokazo.[2-5] https://scientific-jl.com/luch/ 3 8 8 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 Taqsimot logistikasi chegaralarini belgilab olish uchun ma'lumki u uchta bosqichdan iborat. Ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish bosqichidagi moddiy oqimlar xarid logistikasining o‘rganish va boshqarish ob'ekti bo‘lsalar, ishlab chiqarish bosqichidagi moddiy oqimlar- ishlab chiqarish logistikasi ob'ekti hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning taqsimoti va realizatsiyasi bosqichidagi moddiy oqimlar esa - taqsimot logistikasining ob'ekti bo‘ladilar. Kapital ishlab chiqarish jarayoni va logistikaning funksional sohalari Taqsimot logistikasi bu iste'molchining talab va manfaatlariga muvofiq tayyor mahsulotni ungacha yetkazish jarayonidagi tashish, omborga qo‘yish va boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish to‘g‘risidagi bilimlar majmuidir. Shu bilan birga ushbu axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash ham taqsimot logistikasi doirasiga kiradi.[3-4] Taqsimot logistikasi quyidagi tamoyillarga asoslangan: - moddiy va axborot oqimlarini boshqarish jarayonini marketing maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunishi; - taqsimot jarayonining ishlab chiqarish va xarid jarayonlari bilan tizimli o‘zaro aloqasi (moddiy oqimlarni boshqarish nuqtai-nazaridan); - taqsimot ichidagi barcha funksiyalarning tizimli o‘zaro aloqasi. Taqsimot logistikasining ta'rifi quyidagicha ifodalanadi: taqsimot logistikasi – bu xar xil ulgurji xaridorlar o‘rtasidagi, ya'ni ulgurji savdo jarayonida amalga oshiriladigan, o‘zaro aloqador funksiyalar majmuasidir. Chakana savdo jarayoni, odatda, logistikada tadqiqot etilmaydi. Bu jarayon samaradorligi, logistika doirasidan tashqaridagi omillarga bog‘liq, masalan iste'molchilar psixologiyasini bilishga, savdo zalini bezash mahoratiga, reklamani tashkil etishga va boshqalarga. Chakana savdo jarayonida moddiy oqimlarning ratsional tashkil etilishi albatta zarur, ammo uning ahamiyati moddiy oqim harakatining oldingi https://scientific-jl.com/luch/ 3 8 9 Часть-38_ Том-2_ Февраль-2025 bosqichlaridagiga nisbatan ancha kam. Shuni ham aytish lozimki yuqorida aytilganlarning barchasi butun chakana savdo jarayoniga emas, (u o‘z ichiga ulgurji xarid va chakana savdolarni oladi), balki faqatgina chakana savdoga, ya'ni iste'molchilarga xizmat ko‘rsatishga, teg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada taqsimot logistikasi bu iste'molchining talab va manfaatlariga muvofiq tayyor mahsulotni is’temolchigacha yetkazish jarayonidagi tashish, omborga qo‘yish va boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni rej…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada taqsimot logistikasi bu iste'molchining talab va manfaatlariga muvofiq tayyor mahsulotni is’temolchigacha yetkazish jarayonidagi tashish, omborga qo‘yish va boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni rej… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mikro, ulgurji, chakana savdo, bozor, qadoqlash, ombor, jo’natish., tayyor mahsulot, makro, taqsimot, Kalit so`zlar: Tovar, savdo, lagistik taqsimot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники